Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksana Chusovitina yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi

Oksana Chusovitina yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi

Фото: «Google.com»

Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi bo‘yicha «FIG World Challenge Cup»ning birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning tayanib sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.

Chusovitina bugun o‘zining sevimli yo‘nalishida 14.350 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa unga yakunda kumush medalni taqdim qildi. Bellashuvda oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan bo‘lsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring