Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunlaydi

Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunlaydi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Jahon sport gimnastikasi faxri bo‘lgan 44 yoshli Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma’lum qilib o‘tdi.

— Olimpiada oldidan meni jahon kubogi bahslari kutib turibdi. Shundan so‘ng o‘zim qatnashadigan bir qator loyihalar mavjud. Tokio Olimpiadasi men uchun yakuniy start bo‘ladi va katta sportdagi faoliyatimni yakunlayman. Lekin sport sohasining ichida qolaveraman. Kelajakda bolalar sportini rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman, — deydi Chusovitina.

Shu bilan birga tajribali gimnastikachi Tokioda ko‘p kurash bo‘yicha musobaqada qatnashishini rad etib, faqat tayanib sakrash bahslarida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Oksana Chusovitina o‘tgan yilning oktyabr oyida Shtutgart (Germaniya) shahrida o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati orqali o‘zining sakkizinchi Olimpiadasiga yo‘llanma olgan edi. U sportchilik faoliyatini yakunlamasdanoq «Ginnesning rekordlari» kitobi va «Xalqaro gimnastika shon-sharaf zali»ga o‘z nomini bitib qo‘ygan.

Manba: olympic.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring