Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi

Og‘ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazilmoqda va unda yurtimiz sharafini Akbar Jo‘rayev himoya qildi.

Biroz avval mazkur vaznda dast ko‘tarish bo‘yicha bahslar yakunlandi. Hamyurtimiz uchta urinish yakuniga ko‘ra 180 kg. tosh ko‘tardi va jahon rekordini yangiladi.

Hamyurtimiz hozircha dast ko‘tarish yakuniga ko‘ra oltin medalga ega chiqdi. Unda shuningdek, siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra medal qo‘lga kiritish imkoniyatlari ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring