Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FAga yangi prezident saylanadi

O‘FAga yangi prezident saylanadi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

2019 yil 15 iyul sanasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiya kun tartibidan O‘FA prezidentini saylash masalasi ham o‘rin olgan. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, O‘FA ustavining 41-moddasiga muvofiq O‘FA a’zolari tomonidan O‘FA prezidenti lavozimiga nomzod kiritish bo‘yicha yozma takliflar 2019 yilning 14 iyuliga qadar Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 98-A uyda joylashgan O‘FA bosh kotibiyatiga taqdim etilishi mumkin.

O‘FA ustaviga muvofiq O‘FA prezidenti lavozimiga ilgari suriladigan nomzodlar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan bo‘lishi;
  • O‘FA a’zolarining har biri o‘zlari ilgari suradigan nomzodni belgilangan tartibda nomzod sifatida saylagan bo‘lishi va saylov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonnomasini nomzod kiritish bo‘yicha yozma taklifga ilova qilishi lozim;

Yuqoridagi shartlarga mos keladigan nomzodlar xalqaro talablarga muvofiq tarzda O‘FA tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring