Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA Qirg‘iziston va Tojikiston tajribasini olib kirmoqchi

O‘FA Qirg‘iziston va Tojikiston tajribasini olib kirmoqchi

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Futbolni rivojlantirish departamenti direktori O‘ngar Jalimov bolalar futbolida tarbiyalanuvchilarning onlayn bazasini yaratish istiqboli haqida fikr bildirarkan, yon qo‘shnilarimiz Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘rganishga chaqirdi.

— Tojikistonda va Qirg‘izistonda yosh futbolchilarning onlayn bazasi bor. Biz bu tizimni o‘zimizga olib kelishimiz kerak. Hozir biz bolalarning «pasporti» bilan ish yuritamiz. Bu juda og‘ir. Yangi g‘oyani esa qo‘shnilarimizdan olib kelmoqchimiz. Biz o‘rganish uchun uzoqdagi mamlakatlarni tanlaymiz. Ammo hozir yon qo‘shnilarimizdan ham o‘rganadigan narsalar bor. Qo‘shni davlatlar federatsiyalari bilan hamkorlik borasida memorandum imzolaganmiz. O‘z mutaxassislarimizni Qirg‘iziston va Tojikistonga yuborib, ulardan o‘rganishni maqsad qilganmiz, dedi O‘ngar Jalimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring