Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. «Paxtakor» yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi

OChL. «Paxtakor» yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi

«Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Arveladze shogirdlari Eronning «Shahr Xodro» klubini qabul qilib, yirik hisobda zafar quchishdi.

Birinchi bo‘lim mezbonlar uchun oson kechmadi. Ha, paxtakorchilar hujumkor o‘yin namoyish qilishdi, ammo avtomobilsozlarning hujumlari ham xavfli chiqdi. Ayniqsa, taym o‘rtalarida tashkil etilgan hujum paytida Eldor Suyunov ikki marta seyv namoyish etishiga to‘g‘ri keldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa shri-lankalik hakam «Shahr Xodro» darvozasi tomon penalti belgilamadi. Cheranning zarbasidan keyin darvoza tomon borayotgan to‘p himoyachining yuqoriga ko‘tarilgan qo‘liga tekkan edi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalari esa mezbonlar uchun samarali bo‘ldi. Masharipov bir himoyachini aldab chap tomondan jarima maydoniga kirdi va orqaroqda ochilgan Sergeyev tomon uzatma berdi va darvoza ishg‘ol qilindi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Masharipov - Hamdamov kombinatsiyasidan so‘ng Sergeyev bo‘sh qolgan darvozaga gol kiritdi.

Bahsning 84-daqiqasida eronliklar «standart»dan gol urishga yaqin kelishdi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Qosiminajod yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi.

O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida «Paxtakor» jarima zarbasidan raqib darvozasiga uchinchi to‘pni kiritdi. Masharipovning yuqoridan bergan uzatmasini A’zamov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, Arveladze jamoasi ikki o‘yindan keyin 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.

OChL, «B» guruhi, 2-tur
«Paxtakor» markaziy stadioni, Toshkent
«PAXTAKOR» - «ShAHR XODRO» - 3:0 (0:0)
Gollar: Igor Sergeyev (56, 59), Sherzod A’zamov (87)
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets (S), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Humoyunmirzo Iminov 84), Dostonbek Hamdamov (Asad Sobirjonov, 90+1), Dragan Cheran (Eren Derdiyo‘q 90), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.
«Shahr Xodro»: Mahdi Rahmati, Ali Ne’mati, Muhammad Moradmand, Farshad Faraji, Hassan Ja’fari, Akbar Sodig‘i, Milad Sarlak, Said Sodig‘i, Muhammadg‘ozi Najafabadi, Muhammadrizo Xalatbari, Ruhuloh Sayfullohi.
Hakamlar: Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi Shri-Lankadan).

Manba: stadion.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring