Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. «Lokomotiv» o‘z maydonida «Al Ittihod»ni yenga olmadi

OChL. «Lokomotiv» o‘z maydonida «Al Ittihod»ni yenga olmadi

Foto: «Std.uz»

«Lokomotiv» klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi, uchrashuvning 12-daqiqasida Romarino gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 36-daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinda boshqa gol urilmadi. 75-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev maydondan chetlatildi. Shu tariqa «Lokomotiv» o‘z maydonida kechgan bahsda yana ochko yo‘qotdi. Jamoa 4 ta o‘yindan so‘ng 4 ochko jamg‘arib, guruhda 3-o‘rinda bormoqda.

OLCh, 4-tur
«Lokomotiv» – «Al Ittihod» – 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 - 12 Romarino, 1:1 - 36 Abduxoliqov.
«Lokomotiv» : Javohir Ilyosov, Davronbek Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Igor Yelich, 78), Diyorjon Turopov, Arslanmurod Amanov (Husniddin G‘ofurov, 61), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 85).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Avazbek O‘lmasaliyev, Azizbek Omonov, Aziz Xaydarov.
«Al Ittihod» : Favoz Al Qorniy, Abdulloh Al Umar, Yosin Umar Barnoviy, Metyu Yurman, Xolid Al Samiriy, Fahad Al Muvallad, Romarino, Ahmed Asiriy, Nossir Ash Shamroniy (Karlos Villanuveva, 58), Seku Sanogu, Abdulaziz Al Bishi.
Ogohlantirishlar: Al Muvallad (45+2), Jokich (55), Sanogo (83).
Chetlatish: To‘xtaxo‘jayev (75).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring