Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nyukasl» futbolchilari ko‘chada mushtlashuvga aralashib qolishdi

«Nyukasl» futbolchilari ko‘chada mushtlashuvga aralashib qolishdi

Skrinshot

APLning «Nyukasl Yunayted» klubi futbolchilari — Jonjo Shelvi hamda Karl Darlou ko‘chadagi mushtlashuvga aralashib qolishdi. «Daily Mail» yozishicha, futbolchilar pablardan birida ichib o‘tirishganida shu yerdagilardan biri Shelvini «kal» deb haqorat qilgan.


Mavzuga oid: «Nyukasl Yunayted»ga Stiv Bryus bosh murabbiy bo‘lib keldi


Bolaligidan soch to‘kilishiga mubtalo bo‘lgan futbolchi unga javoban «Uyingga ket, dehqon», deydi.

Shundan so‘ng o‘rtada mushtlashuv boshlanadi. Darlou raqiblardan birini tepgani ham aytilmoqda.

Jonjo Shelvi. Foto: «Daily Mail»
Karl Darlou. Foto: «Daily Mail»

Voqea joyiga hech kim politsiyani chaqirmadi. Biroq futbolchilar «Nyukasl» Xitoyga safaridan qaytganidan so‘ng o‘z qilmishlarini klub rahbarlariga tushuntirib berishlariga to‘g‘ri keladi.

«Nyukasl» — qovoqxona mijozlariga qarshi» video mana bu havolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring