Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmagomedov bilan Getji jangi tomoshabinlarsiz o‘tadi

Nurmagomedov bilan Getji jangi tomoshabinlarsiz o‘tadi

Foto: «TASS / Metsel Mixail»

UFC musobaqasi doirasida rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan amerikalik Jastin Getji o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangiga tomoshabinlar kiritilmaydi. Bu haqda rossiyalik sportchining o‘zi Moskvadagi Jang san’atlari forumida bo‘lib o‘tgan onlayn-konferensiyada ma’lum qildi.

«Musobqa yopiq o‘tkaziladi, tomoshabinlar bo‘lmaydi. Shunday ekan, qarindoshlarim meni arenadan tashqarida, mehmonxonada kutib turishadi», — dedi Nurmagomedov.

Jang 24-oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tadi. U UFC 254 musobaqasining asosiy jangiga aylanadi.

Nurmagomedov o‘zining oxirgi jangini 2019-yil 7-sentyabrda o‘tkazgan. O‘shanda u amerikalik Dastin Porega qarshi ringga ko‘tarilib, chempionlik kamarini himoya qilgan. Sportchi jami 28 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 31 yoshli Getji hisobida esa 24 ta jang bor, ikki marta yengilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring