Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigora Tursunqulova yakuniy Katta dubulg‘a musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi

Nigora Tursunqulova yakuniy Katta dubulg‘a musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ayni kunlarda Xitoyning Usi shahrida taekvondo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Nigora Tursunqulova sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

-67 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz yarim finalgacha mag‘lubiyatsiz yetib bordi. Final ostonasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tursunqulova bronza medali uchun kechgan bahsni g‘alaba bilan yakunladi va Katta dubulg‘a musobaqasining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi Tursunqulova 18-20 dekabr kunlari ayni shu shaharda bo‘lib o‘tadigan yakuniy Katta dubulg‘a musobaqasida ishtirok etish imkonitiga ega.

Ma’ulumot uchun, taekvondoda Katta dubulg‘a turniri yakuni bo‘yicha har bir vaznda eng ko‘p ochko to‘palagan sportchilar Tokio Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Yakuniy turnir oltin medali egasi esa 70 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ham ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring