Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda «Al-Xorazmiy avlodlari» tanlovi o‘tkazildi

Navoiyda «Al-Xorazmiy avlodlari» tanlovi o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish» bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tuman markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garaklar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Navoiy shahar filialida ilk bor «Al-Xorazmiy avlodlari» nomli kompyuter texnologiyalari va internet savodxonligi bo‘yicha  yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi, deb xabar bermoqda AKT vazirligi axborot xizmati.

Veb-dizayn asoslari, Kibersport va Robotexnika yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovda eng kuchlilar aniqlandi.

Tanlov ishtirokchilariga kompyuter grafikasi asoslari, operatsion tizimlar va ofis ilovalarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, kompyuter va internet tarmog‘idan samarali  foydalanish  va axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari borasida mutaxassislar tomonidan master klasslar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni keng joriy etish va ommalashtirish borasida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Hozirgi kungacha Respublika bo‘ylab 22 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring