Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Miraziz ham finalda! Navbatdagi raqib kubalik bokschi bo‘ladi

Miraziz ham finalda! Navbatdagi raqib kubalik bokschi bo‘ladi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli davom etadi. Biroz avval -57 kilogramm vazn toifasida yurtdoshimiz Miraziz Mirzahalilov yarim final jangini o‘tkazdi.

Mo‘g‘ilistonlik Senbatar Erdenebatga qarshi ringga ko‘tarilgan vakilimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz oltin medal uchun kechadigan jangda kubalik Lasaro Alvaresga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, kundanzi dasturda Shahobiddin Zoirov ham -52 kilogramm vazn toifasida hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring