Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi «Barselona»dan ketish haqida o‘ylay boshladi

Messi «Barselona»dan ketish haqida o‘ylay boshladi

Foto: «infobae.com»

«Barselona» hujumchisi va sardori Lionel Messi rahbariyat bilan chiqqan ziddiyat tufayli jamoani tark yetish haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Messi «ko‘k-anorranglilar» atrofidagi so‘nggi voqealardan g‘azablangan va mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Shuningdek, hujumchi yangi bosh murabbiy Kike Setenning mashg‘ulotlari intensivligidan qoniqmayotgani aytilmoqda, chunki hujumchi so‘nggi o‘yinlarni jarohat bilan o‘tkazdi.

Messi va klub sport direktori Erik Abidal o‘rtasidagi mojaro 5-fevral kuni ma’lum bo‘lgandi. Ta’kidlanishicha, Abidalning sobiq bosh murabbiy Ernesto Valverde va ayrim futbolchilarni tanqid qilganidan futbolchi qoniqmagan. Barselona prezidenti Xosep Bartomeu Messi va Abidal bilan telefon orqali gaplashish orqali mojaroni hal qilishga uringan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring