Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan o‘ch olmoqchi?

Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan o‘ch olmoqchi?

Foto: «Sports.kz»

ESPN sharhlovchisi va insayder Ariel Xelvani aytishicha, Konor Makgregor 2020-yil oxirida Habib Nurmagomedov bilan jang o‘tkazib, undan UFC chempionligini olib qo‘ymoqchi. Bu haqda «Sports.kz» yozmoqda.

2020-yilda Makgregor uchta jang o‘tkazmoqchi.

«U uch yildan beri buni qilmagandi, biroq irlandiyalik maqsadga diqqatini jamlashni biladi. Odamlar uni anchadan beri bunaqa holatda ko‘rishmaganini aytishmoqda. Serrone bilan jangdan keyin u bahorda yoki yozning boshlarida jang o‘tkazish istagida. Uning raqibi Masvidal yoki Neyt Diaz bo‘lishi mumkin. Yil oxirida esa Habib Nurmagomedov bilan, agar o‘shanda ham u chempionlikni saqlab tursa, Moskvada kuch sinashish niyatida. Konor birinchi jangdagi xatolarni tuzatmoqchi. Konor ikki jangni yutib, uchinchisi — chempionlik jangida hammaning og‘zini yumib qo‘ymoqchi», — dedi Ariel Xelvani.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring