Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahmud Murodovning jangi Habib Nurmagomedovniki bilan bir kechada va bir joyda bo‘ladi

Mahmud Murodovning jangi Habib Nurmagomedovniki bilan bir kechada va bir joyda bo‘ladi

O‘zbekistonlik ilk UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida hamyurtimizning o‘zi xabar berdi.

Mahmud Murodov 18-aprel kuni AQShning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida tashkil etiladigan UFC 249 turnirida oktagonga ko‘tariladi.

«Men keyingi jang bo‘yicha shartnomaga imzo chekdim. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat», — deb yozgan sportchi.

Mahmudning raqibi hozircha aniq emas. Bu kechaning asosiy jangi esa Habib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson o‘rtasida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz UFCdagi uchinchi jangini 14-mart kuni Fight Night 170​ turniri doirasida Antonio Karlos Juniorga qarshi bahs olib borishi lozim edi. Ammo raqibning jarohat olgani sababli jang bekor qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring