Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» o‘yinchisi o‘lim qarshisida qolganda futbolni unutganini tan oldi

«Liverpul» o‘yinchisi o‘lim qarshisida qolganda futbolni unutganini tan oldi

«Liverpul» klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virgil van Deyk 7 yil avval boshdan kechirgan kasalliklari haqida gapirib berdi. Gollandiyalik futbolchiga appenditsit, peritonit va buyrak infeksiyasi tashxislari qo‘yilgandi.

«Men o‘lim bilan yuzma-yuz kelganman, bu dahshatli tajriba bo‘lgandi. Umrimda birinchi bor futbol hech narsani anglatmay qo‘ygandi.

Onam bilan xudoga yolvorar edik va rostini aytsam, har xil ssenariylarni muhokama qilardik.

Agar kasalxonada vafot etadigan bo‘lsam, pullarim onamga o‘tardi. Bu masalani hech kim muhokama qilishni istamasdi, ammo vaziyat shuni taqozo qilardi. Chunki o‘shanda o‘lish ehtimolim bor edi.

Men to‘shakda qanday yotganimni eslayman. Ko‘rishim mumkin bo‘lgan narsalar faqat tanamdagi trubka va simlar edi.

Tanam sinib ketgandi. Men hech narsaga qodir emasdim. Miyamga yomon hayollar kelardi», –deydi van Deyk.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring