Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» ikkita musobaqada qatnashish uchun ikkiga ajralishi mumkin

«Liverpul» ikkita musobaqada qatnashish uchun ikkiga ajralishi mumkin

Foto: «Yandex»

«Liverpul» Angliya futbol ligasi (EFL) hamda Angliya ligasi kubogining chorak final bahslarini o‘tkazish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, variantlardan biri musobaqani dekabr o‘rtalaridan 8-yanvarga ko‘chirishni nazarda tutadi.

Bunga sabab shuki, «Liverpul» 18-dekabr kuni Doxa (Qatar)da boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Ustiga-ustak, xuddi shu vaqtda Angliya ligasi kubok bahslarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, «Liverpul»ning bir paytda turli tarkib bilan ikkala musobaqada ham ishtirok etish varianti ehtimoldan xoli emas. Unga ko‘ra murabbiylar shtabi vaqtincha ikkiga bo‘linadi: jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Qatarga yo‘l olsa, bir yoki bir nechta yordamchisi Angliyada qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring