Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kumushxon Fayzullayeva ikki yo‘nalishda oltin medal qo‘lga kiritdi

Kumushxon Fayzullayeva ikki yo‘nalishda oltin medal qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda og‘ir atletika bo‘yicha smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda hamyurtlarimiz terma jamoa uchun navbatdagi medallarni taqdim etdi. «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning qizlar o‘rtasida -64 kilogramm vazn toifasidagi bahslarida O‘zbekiston nomidan Kumushxon Fayzullayeva ishtirok etdi.

Termamiz vakilasi dast ko‘tarishda birinchi o‘rinishdayoq 92 kg natija ko‘rsatib, oltin medal egasiga aylandi. Siltab ko‘tarishda esa 115 kg toshni ko‘tarib, barcha raqiblaridan ustun ekanligini namoyish etdi.

Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati.

Qizlar, -64 kg:

1. Kumushxon Fayzullayeva (O‘zbekiston) – 205 kg (92 kg, 113 kg)
2. Xansol Kim (Janubiy Koreya) – 193 kg (81 kg, 112 kg)
3. Sabitxa Ramadani (Indoneziya) – 192 kg (92 kg, 100 kg).

Ushbu vazn bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda Mashhura Rustamova bronza medallari bilan taqdirlandi.

O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati.

Qizlar, -64 kg:

1. Gulnur Ibray (Qozogʼiston) – 198 kg (88 kg, 110 kg)
2. Yen-Yun Li (Xitoy Taipeyi) – 161 kg (70 kg, 91 kg)
3. Mashhura Rustamova (O‘zbekiston) – 156 kg (66 kg, 90 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Manba: minsport.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring