Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunladi

Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: «Republic World»

«Portu», «Real Madrid» va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunladi. Buni u «Twitter»da ma’lum qildi.

«Eng asosiysi — borilayotgan manzil emas, balki unga eltuvchi yo‘l va sening hamrohlaring. Bu orzular ro‘yobga chiqqan ajoyib yo‘l bo‘lganini men ishonch bilan ayta olaman», — deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning aprelida miokard infarktini boshidan o‘tkazgan Kasilyas yashil maydonga qayta olmadi. O‘sha oyda «Riu Ave»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin uning uchun so‘nggisi bo‘lib qoldi.

Kasilyas «Real Madrid»da rahbarlik lavozimlaridan birini egallashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring