Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kalinich: «Rahmat, biroq men Rossiyada o‘ynaganim yo‘q»

Kalinich: «Rahmat, biroq men Rossiyada o‘ynaganim yo‘q»

Foto: «Russian.rt.com»

Xorvatiya terma jamoasi va Italiyaning «Fiorentina» klubi hujumchisi Nikola Kalinich JCh-2018 da ikkinchi o‘rin uchun taqdim etilgan kumush medalni qabul qilmadi, deb xabar berdi «Gazeta.ru».

U jahon chempionati guruh bosqichi birinchi o‘yinidan so‘ng Xorvatiya terma jamoasidan chetlatilgan edi.

«Rahmat, biroq men Rossiyada o‘ynaganim yo‘q», — «Kuris.rs» Kalinichdan shunday iqtibos keltirgan.

Kalinich Nigeriya terma jamoasiga qarshi kechgan birinchi o‘yinda jarohatini vaj qilib zaxiradan maydonga tushishni istamagandi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Zlatko Dalich hujumchini milliy terma jamoadan chetlatgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring