Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda tayekvondo WTning Pumse yo‘nalishi bo‘yicha birinchi onlayn musobaqa o‘tkaziladi

Jizzaxda tayekvondo WTning Pumse yo‘nalishi bo‘yicha birinchi onlayn musobaqa o‘tkaziladi

Karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulot olib borayotgan sportchilarni ruhlantirish va ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tishiga yordam berish, iqtidorli sportchilarni saralab olish, malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish maqsadida Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Tayekvondo WT assotsiatsiyasining viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tayekvondoning Pumse yo‘nalishi bo‘yicha birinchi onlayn musobaqa tashkil etilmoqda.

Onlayn musobaqa joriy yil 30 maydan 5 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar yosh toifalariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:

1-guruh: 7-13 yoshli sportchilar;

2-guruh: 14-17 yoshli sportchilar;

3-guruh: 18 yoshdan yuqori sportchilar.

Musobaqada barcha ishtirokchilar Pumse yo‘nalishi bo‘yicha o‘z chiqishlari yozilgan videolavhalarni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi t.me/Jizzax_onlayn_musobaqa gruppasiga yuboradi;

Ishtirokchilar chiqishlarini boshlashdan oldin o‘zlarini tanishtirib (to‘liq ismi, familiyasi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va yashash manzili) o‘tadi.

Musobaqada yoshi va jinsidan qat’iy nazar Jizzax viloyatining barcha aholisi ishtirok etishi mumkin.

Onlayn chempionatga jo‘natilgan videolar musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Musobaqada ishtirok etib, 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar esa Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Bu hali hammasi emas. Oldinda Cizni boshqa sport turlari bo‘yicha ham qiziqarli onlayn musobaqalar kutib turibdi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(90) 539-44-94
(99) 525-80-89
(72) 226-30-46

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring