Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi logotipini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi logotipini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Foto: Norma.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligining logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov bir bosqichda o‘tkazilib, unda yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda hakamlar hay’ati a’zolari ishtirok etishmaydi.

Tanlovga loyihalar quyidagi shaklda taqdim etiladi:

har bir ishtirokchi tanlovda cheklanmagan miqdorda loyihalar taqdim qilishi mumkin;

logotip loyihasi formati -10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – JPG va PSD formatida elektron variantda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi.

Tanlov loyihalari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100017, Toshkentda shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi 2-uy;

Telefon: (+99871) 239-24-37, e-mail: [email protected]

Tanlovga yuborilgan loyiha Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi faoliyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechim va badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yozuvi bo‘lishi shart.

Tanlovga loyihalar 2019 yilning 1 dekabridan 15 dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlov g‘olibi 2019-yil 20-dekabrda e’lon qilinadi.

Hakamlar hay’ati tanlovning asosiy talablariga javob bermaydigan loyihalarni ko‘rmaslikka haqli. Hay’at a’zolarining har biri bitta ovoz berishga ega. Agar hay’at a’zolarining ovozi teng bo‘lsa, komissiya raisi yakuniy ovozga ega bo‘ladi.

Hakamlar hay’atining tanlov g‘olibini mukofotlash to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng tanlov natijalari vazirlik rasmiy sayti va turli OAV orqali e’lon qilinadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib ishtirokchiga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti beriladi. Shunday ekan, tanlovda faol ishtirok eting va g‘olib bo‘ling.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring