Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2022da 48 ta jamoa ishtirok etishi mumkin, ammo O‘zbekistonda imkoniyat baribir ko‘p emas

JCh-2022da 48 ta jamoa ishtirok etishi mumkin, ammo O‘zbekistonda imkoniyat baribir ko‘p emas

Foto: «Goal.com»

FIFA Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishini istamoqda. Garchi Qatar tomoni bunga tayyor emasligini bildirayotgan bo‘lsa-da, FIFA rahbari Janni Infantino o‘z fikridan qaytmoqchi emas.

Uning rejasiga ko‘ra, Qatar qabul qilishni istamagan o‘yinlarni boshqa mamlakat o‘tkazishi mumkin. Ammo muammo shundaki, yon-atrofdagi davlatlarning aksariyati Qatar bilan yomon munosabatda. Xususan, iqtisodiy jihatdan boy bo‘lgan BAA, Saudiya Arabistoni va Bahreyn aynan shu muammo tufayli JCh mezbonligini qabul qilishdan bosh tortishi kutilmoqda.

E’tiborli tomoni, garchi JCh-2022 ishtirokchilari soni ko‘paygani bilan O‘zbekiston milliy jamoasining mundialga chiqishi ehtimoli baribir qiyinligicha qoladi. Boisi, jahon chempionatining Osiyo uchun ajratiladigan qo‘shimcha kvotalari ehtimoliy mezbon mamlakatlarga nasib etadi.

Bunday holatda qolgan davlatlar baribir avvalgidek «4+1» o‘rinlar uchun kurashda davom etadi. Ya’ni, saralashda eng yaxshi natija qayd etgan 4 jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘l oladi, yana bir jamoa esa qit’alararo pley-offda ishtirok etishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring