Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Final. Bugun jahon chempioni nomi aniq bo‘ladi

JCh-2018. Final. Bugun jahon chempioni nomi aniq bo‘ladi

Bugun, 15-iyul kuni Rossiyadagi muhtasham «Lujniki» stadionida futbol bo‘yicha jahon chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Final o‘yinida Fransiya va Xorvatiya o‘zaro kuch sinashadi. Fransuzlar uchun JCh finali begona emas, lekin Xorvatiya o‘z tarixida ilk bor ushbu marragacha yetib keldi va bundan keyin ham bo‘sh kelishni istamayapti.

Fransiya yarim finalda Belgiya terma jamoasini dog‘da qoldirib, finalga yo‘l olgan edi. Xorvatlar esa inglizlarni qon qaqshatib ketgandi. Aslida Xorvatiya pley-offning barcha o‘yinlarini ekstra taymlar bilan o‘tkazdi va kuchli iroda sohiblari ekanini isbotladilar.

Demak, bugun finalda tajriba va iroda o‘zaro kuch sinashadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz.

JCh-2018 | Final

Fransiya - Xorvatiya

Bugun | 20:00

"Lujniki" stadioni

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring