Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov professional boksdagi to‘rtinchi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi

Isroil Madrimov professional boksdagi to‘rtinchi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi

Nyu Yorkdagi mashhur «Medison skver garden» arenasida hamyurtimiz Isroil Madrimov meksikalik Alexandro Barreraga qarshi ringga ko‘tarildi.

WBA interkontinental kamari uchun birinchi yarim yengil vaznda (69,9 kilogrammgacha) kechgan bahsda 24 yoshli hamyurtimiz 33 yoshga to‘lgan tajribali raqibiga qarshi muvaffaqiyatli bahs olib bordi. Ushbu jang 10 raund davom etishi lozim edi, ammo Isroil raqibini birinchi raunddayoq nokdaun holatiga tushira oldi.

Shundan so‘ng ham Barrera beshinchi raundga qadar qarshilik ko‘rsata oldi. Ammo ketma-ket zarbalarni o‘tkazib yuboravergach hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut e’lon qildi. Alexandro Barrera professional boksda 2007 yildan buyon ishtirok etib keladi va bunga qadar 34 ta jang o‘tkazib, 29 tasida g‘alaba qozongan edi. Shundan 18 tasida raqibini nokautga uchratgan. Ammo Isroil Madrimov kuchli raqibini yenga oldi.

Ushbu jang Isroil uchun professional boksda to‘rtinchisi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Madrimov bunga qadar o‘tkazgan uchta jangining barchasida ham muddatidan avval g‘alaba qozongan edi. Xususan, 2019 yilning iyun oyida yana bir meksikalik tajribali bokschi — Norberto Gonsalesni oltinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring