Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya futboli afsonasi vafot etdi

Angliya futboli afsonasi vafot etdi

Foto: «Delfi»

Angliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Jek Charlton juma, 10-iyul kuni vafot etdi. Bu haqda «Lids» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Jek Charlton 85 yoshda edi.

«Lids Yunayted» klub yulduzi Jek Charlton uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 85 yoshida olamdan o‘tganidan chuqur qayg‘uda»,— deyiladi xabarda.

Charlton «Lids»ga 23 yil umrini bag‘ishlab, rekord darajada ko‘p — 773 ta o‘yin o‘tkazgan. Jamoa bilan birga Angliya chempionligi (1969-yil) va Kubogi (1972-yil)ni qo‘lga kiritgan. Jek Charlton Angliya va jahon futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri edi.

Ma’lumot uchun: Jek Charlton — Angliya futbolining yana bir yulduzi Bobbi Charltonning akasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring