Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ibragimovich Ispaniyaga qaytib, Messi bilan orani ochdi qilmoqchi, shekilli... (video)

Ibragimovich Ispaniyaga qaytib, Messi bilan orani ochdi qilmoqchi, shekilli... (video)

Foto: «Eurosport»

Kuni kecha Amerika futboli bilan o‘ziga xos tarzda xayrlashgan Zlatan Ibragimovich endi qayerda o‘ynarkin, degan savol uning fanatlariga uyqu bermayotgandi. Kimlardir Zlatan endi Braziliyani «gullatadi» desa, boshqa birovlar Italiyaga qaytishini bashorat qilayotgandi. Aftidan forvardning o‘zi uzil-kesil qarorga kelib bo‘lgan shekilli, instagramga buning videosini joyladi.

«Salom, Ispaniya! Bilasizmi? Men qaytyapman», — deyiladi murojaatda.

Ibragimovich 2009/2010-yillar mavsumida Ispaniya premerasida («Barselona») o‘ynagan. Ammo u Kataloniyaga kelib na pozitsiyasini, na shuhratini baham ko‘rishni istagan Lionel Messining soyasida qolib ketgandi. Oxir-oqibat Messi va bosh murabbiy Pep Gvardiolaning bosimiga bardosh berolmagan Ibragimovich hukmini o‘tkazish uchun «Milan»ga yo‘l olgandi.

Shu qisqa vaqt oralig‘ida ham Ibragimovich «Barselona» tarkibida mamlakat chempionligi, ikkita mamlakat kubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionligi va UEFA superkubogini qo‘lga kiritishga ulgurgan.

Rostdan ham Ibragimovich Ispaniyaga qaytishni istayotgan bo‘lsa, yaxshi, 38 yoshida ham argentinalik yulduzdan zo‘rroqligini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat!.. Biroq Pepga bunaqa «nomer»i o‘tmaydi: Gvardiola Ispaniyadan chiqib ketganiga ancha bo‘lgan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring