Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hasanboy Do‘smatov viza muammosiga duch keldi va debyut jang so‘roq ostida qoldi

Hasanboy Do‘smatov viza muammosiga duch keldi va debyut jang so‘roq ostida qoldi

Foto: «AFP»

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida debyut jangini o‘tkazishi kutilayotgan Hasanboy Do‘smatovning jang sanasi o‘zgarganligi, uning 16-noyabr kuni Meksikada jang o‘tkazishi borasida xabarlar tarqaldi.

«Sports.uz» bokschimiz bilan bog‘landi va uning nega Xitoydagi jangi o‘zgargani borasida, qolaversa? Meksikadagi boks kechasidagi ishtiroki va uning yangi raqibi haqida savollar bilan murojaat qildi.

«To‘g‘ri, Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangim o‘zgardi. Sababi, viza masalasida ulgurishmadi. Shuning uchun, endi 16-noyabrda Meksikada ringga ko‘tarilishimni aytishmoqda. Lekin bu ham aniq emas. Raqib borasida ham shunday deya olaman. To‘laligicha aniqlik kiritilmagan. 100 foiz o‘sha kuni debyutimni o‘tkazaman deyish fikridan ham yiroqman. Chunki xabaringiz bor, dastlab, 30 noyabrda Monako, keyinchalik Xitoyda va mana Meksikaga o‘zgardi. Mabodo yana shunday holat kuzatilsa, muxlislarga ham erish tuyulishi turgan gap. Shunday ekan, to‘la ishonch bilan ayta olmayman. O‘zimga qolsa, qayerda va kim bilan jang qilishni ahamiyati yo‘q. Shunchaki tezroq bo‘lsa bo‘lgani. Lekin 16 noyabrga tayyorgarlik ko‘rayapman. Jang bo‘lish ehtimoli 90 foiz desam mubolag‘a bo‘lmas. Barchasi ijobiy yakunlansa, 13-noyabr kuni Meksikaga yo‘l olaman» deya o‘z fikrlarini bildirgan Do‘smatov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov joriy yilning 10-noyabr kuni professional boksda debyut jangini o‘tkazishi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring