Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedovning menejeri otasi yaxshilanayotganini ma’lum qildi

Habib Nurmagomedovning menejeri otasi yaxshilanayotganini ma’lum qildi

Foto: «Yandex.ru»

Habib Nurmagomedovning otasi yaxshilanmoqda, u ko‘zini ochib, atrofdagilarga qaradi, deya xabar berdi UFC chempionining menejeri Ali Abdul-Aziz.

Aprelning oxirlarida Abdulmannop Nurmagomedov Moskvadagi klinikalardan biriga yotqizilgani to‘g‘risida xabar bergandik. Keyinchalik kurashchining o‘zi «Instagram»da mazkur ma’lumotni tasdiqladi va otasi nihoyatda og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qildi. «RIA Novosti»ning yozishicha, Abdulmannop Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan, shundan so‘ng u insultni boshidan o‘tkazgan.

«Habib juda kuchli, uning oilasi va otasi ham juda kuchli. U tuzalmoqda, ko‘zini ochdi, atrofdagilarga qaradi — bu yaxshi belgi. Ahvoli yaxshilanishiga ishonamiz, lekin hammasi uning sog‘ligiga bog‘liq. U yaxshilanmoqda, biz bundan xursandmiz», — deya Abdul-Azizning so‘zlarini keltirgan ESPN.

Sportchi sifatida Abdulmannop Nurmagomedov sambo va dzyudo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Uning shogirdlari orasida sambo bo‘yicha jahon chempionlari ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring