Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futzal bo‘yicha JCh chorak finalida o‘ynaydigan barcha juftliklar aniq bo‘ldi

Futzal bo‘yicha JCh chorak finalida o‘ynaydigan barcha juftliklar aniq bo‘ldi

Foto: «Prosports.kz»

Litva mezbonlik qilayotgan Futzal bo‘yicha jahon chempionati 1/8 final bahslari yakuniga yetdi.

So‘nggi ikki juftlikda Ispaniya Chexiyaga, Portugaliya Serbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Har ikki o‘yinda ham Pireney yarimoroli vakillarining qo‘llari baland keldi.

Futzal. JCh. 1/8 final. 24-sentyabr

Ispaniya — Chexiya 5:2

Gollar: Raul (4), Gomes (5), Raya (13), Adolfo (15), Ortiz (40) — Resetar (23), Holi (32).

Portugaliya — Serbiya 4:3

Gollar: Rikardino (14), Andre (15), Varela (43), Mandanko (43) — Lazarevich (23, 28), Joao (50, avtogol).

1/4 final juftliklari:

  • Marokash — Braziliya (26-sentyabr)
  • Rossiya — Argentina (26-sentyabr)
  • Ispaniya — Portugaliya (27-sentyabr)
  • Eron — Qozog‘iston (27-sentyabr).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring