Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchilarimiz Saudiyaga qarshi bahsdan avval rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishdi

Futbolchilarimiz Saudiyaga qarshi bahsdan avval rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim final doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi ertaga bahs olib boradi. Jamoamiz kecha o‘yindan avval rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, futbolchilarimiz bo‘lajak bahsga deyarli tiklanib ulgurishdi. Murabbiylar bugungi mashg‘ulotlar davomida barcha tayyorgarlikni ko‘zdan kechirib oldilar.

Bugun ba’zi OAVda hujumchimiz Bobir Abduxoliqovning mashg‘ulotda asosiy tarkib futbolchilari bilan shug‘ullanmagani haqida xabarlar tarqaldi. Shu o‘rinda mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Abduxoliqovning sog‘lig‘ida jiddiy muammo yo‘q. Yengil betob bo‘lgani sabab murabbiylar bugun hujumchimizga jiddiy o‘yin oldidan katta jismoniy bosim berishni istashmadi.

Manba: olympic.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring