Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov yana katta sahnaga chiqdi. O‘zbekiston safarda Singapurni yengdi

Shomurodov yana katta sahnaga chiqdi. O‘zbekiston safarda Singapurni yengdi

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralashi doirasida safarda Singapurga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuv Vadim Abramov jamoasi uchun oson kechmadi va ko‘kka sovurilgan ko‘plab imkoniyatlar bilan yodda qoldi.

Garchi 15-daqiqadayoq Odil Ahmedov jarimadan zarba yo‘llab, hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyinchalik hujumda ishlar u qadar yurishmadi. Bir qator qulay vaziyatlar ko‘kka sovurilgandan so‘ng birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada hisob tenglashdi. Singapur terma jamoasining 20 yoshli iqtidorli hujumchisi Ehson Fandi bosh bilan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda katta sahnaga Eldor Shomurodov chiqdi. U avvaliga 51-daqiqada bosh bilan ajoyib zarba yo‘llab hisobni O‘zbekiston foydasiga oshirdi. Eldorning ikkinchi golidagi katta ulush Ikrom Aliboyevga ajratilishi lozim. Aliboyev hujumchimizni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Eldorning so‘nggi goli ko‘cha futbolini eslatib yubordi — u darvozabonni aldab o‘tdi va bo‘m-bo‘sh darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

JCh-2022 saralashi, 2-bosqich
«D» guruhi, 4-tur
Singapur - O‘zbekiston 1:3 (1:1)
Gollar: Ehsan Fandi (45+1) — Odil Ahmedov (15), Eldor Shomurodov (51, 90+2)

Singapur: 01.Izvan bin Mahbud, 08.Shahdan Sulaymon, 09.Ixsan Fandi (Gabriyel Kuak 69), 11.Muhammad bin Ahmad, 13.Hafiz Nor, 14.Hariss Harun (S), 16.Hami Syahin, 17.Irfan Fandi Ahmad, 20.Shaval Anvar, 21.Safuvan bin Baharuddin, 23.Zulfahmi bin Arifin (Irvan Shah Arismayl 81)

O‘zbekiston: 01.Eldor Suyunov, 04.Farrux Sayfiyev, 05.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 03.Hojiakbar Alijonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 09.Odil Ahmedov (S), 10.Jaloliddin Masharipov (Sardor Mirzayev 70), 07.Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev 52), 17.Doston Hamdamov (Igor Sergeyev 90+2), 14.Eldor Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Shaval Anvar (31) — Jaloliddin Masharipov (57)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring