Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fernando Torres faoliyatini yakunladi

Fernando Torres faoliyatini yakunladi

Foto: «Global Look Press»

Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fernando Torres professional sportdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

«Sizga aytadigan juda muhim gapim bor. Ajoyib o‘tgan 18 yildan so‘ng futboldagi faoliyatimga nuqta qo‘ymoqchiman. Barcha tafsilotlarni 23-iyun kuni Yaponiyada mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanadigan matbuot anjumanida bilib olasiz. O‘sha yerda uchrashguncha», — deb yozdi Torres «Twitter»da.

Ma’lumot uchun: Fernando Torres faoliyati davomida «Atletiko», «Liverpul»,«Chelsi» va «Milan» kabi klublarda to‘p surgan. Oxirgi mavsumni u Yaponiyaning «Sagan Tosu» klubida o‘tkazdi.

Torres Ispaniya milliy jamoasi uchun 110 o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urgan. Terma jamoa bilan bir marta jahon, ikki marta Yevropa chempioni bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring