Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Federerdan korrida: shveysariyalik tennischi buqalar jang maydonida rekord o‘rnatmoqchi

Federerdan korrida: shveysariyalik tennischi buqalar jang maydonida rekord o‘rnatmoqchi

Foto: «Vesti.ru»

«Ulkan toj» turkumiga kiruvchi tennis musobaqalarining 20 karra g‘olibi — shveysariyalik tennischi Rojer Federer o‘z faoliyatida ilk marotaba Meksikaga bormoqda. Sobiq birinchi raqamli raketka ustasi noyabr oyida «Plasa Meksiko»da — korrida musobaqalari o‘tkaziladigan jahondagi eng yirik arenada ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazishni rejalashtirgan.

«Plasa Meksiko» o‘z bag‘riga 41,2 ming tomoshabinni sig‘diradi. Mabodo Federer tribunalarni to‘ldira olsa, eng ko‘p muxlis o‘yinini tomosha qilgan tennischi sifatida rekord o‘rnatadi. Bu haqda «Globoesporte.Globo.Som» yozmoqda. Albatta, rekord o‘rnatilishida Federerning bo‘lg‘usi raqibi kim bo‘lishi ham muhim — u hozircha «qidirilmoqda».

Tennisda eng ko‘p tomoshabin yig‘ish bo‘yicha amaldagi rekord belgiyalik Kim Kliysters va amerikalik Serena Uilyamsga tegishli. Ularning Bryusseldagi o‘yinini 2010-yilda 35 ming tomoshabin bevosita kort atrofida kuzatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring