Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sport qanday rivojlanmoqda? (foto)

Farg‘onada sport qanday rivojlanmoqda? (foto)

Foto: Xabar.uz

O‘tgan hafta yakunida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatiga press-tur tashkil etildi. Turli OAV vakillari viloyatga tashrif buyurib, sport muassasalari faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

Farg‘onadan ko‘plab yetakchi sportchilar yetishib chiqqan. Viloyatda bundan keyin ham kuchli sportchilar tayyorlash uchun yetarli salohiyat va mutaxassislar borligi ko‘rinib turibdi. Zamonaviy inshootlarda bolalar sportning turli turlari bilan shug‘ullanmoqda. Ularning salomatligi esa murabbiylar va shifokorlar nazoratida. Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida suzishdan tortib erkin kurashgacha mashg‘ulotlar o‘tilayotganiga guvoh bo‘lindi. Shuningdek jurnalistlar Farg‘ona shahrida tashkil etilgan ommaviy yurish va badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Yurtimizning qorabayir otlari dunyoga mashhur. Mana shu zotdor otlarni ko‘paytirish maqsadida qurilgan kompleks katta taassurot qoldirdi. 2018 yilning may oyida ishga tushgan «Vodiy tulporlari» kompleksiga Oxangaron tumanidan 32 ta zotdor ot keltirildi. So‘ngra Jizzax viloyatida saqlanib qolgan noyob qorabayir ot sotib olindi. Mana shu otdan qorabayir zoti ko‘paytirilmoqda.

Farg‘onada sport qanday rivojlantirilayotgani bilan ushbu rasmlar orqali tanishib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring