Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yengilmas bokschimiz sobiq jahon chempionini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Yengilmas bokschimiz sobiq jahon chempionini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Foto: boxingnewsnow.com

AQShning Filadelfiya shahridagi «Liacouras Centre» saroyida katta boks kechasi tashkil etildi.

Kecha dasturida hamyurtimiz, professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) ham ringga ko‘tarilib, o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Unga sobiq jahon chempioni amerikalik Luis Kollazo (39-8, 20 KO) raqib bo‘ldi.

Abduqahhorovning ustunligida o‘tgan 10 raundlik jangning so‘nggi soniyalarida Kollazoning har ikki qoshi yorildi va shifokorlar hakamga jangni to‘xtatishni buyurdi. G‘olib ochkolarga ko‘ra aniqlandi. Unda hakamlar hamyurtimizning 99-91, 97-93, 98-92 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

Qudratullo bugungi jangga qadar 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi, endi uning hisobida 17 ta g‘alaba mavjud. Hamyurtimiz IBF chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar sanaladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring