Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodovni ingliz tilini o‘rganishga majburlashmoqda

Eldor Shomurodovni ingliz tilini o‘rganishga majburlashmoqda

«Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozda Yevropa klublaridan biriga ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning agenti German Tkachenko ma’lum qildi.

— Eldor Shomurodov borasida qanaqa fikr bildira olasiz? U ketadimi?
— Bu fikr emas, balki bizning rejamizdir. Ammo hammasini «Rostov» hal qiladi va biz klubning qarorini hurmat qilamiz. Klub uni qishda sotishni istamadi va biz bunga nisbatan tushunish bilan qaradik.

— Eldorga qiziqish bo‘lganmidi? 15 million yevro taklif qilishdimi?
— Ha, qiziqish bo‘lgandi va taklif etilgan mablag‘ ham ancha jiddiy edi. Ammo boshqa nemis klublaridan farqli o‘laroq «Shalke» taklif bildirmaganini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Shu bilan birga Gelzenkirxenda bunaqa futbolchini bilmasliklari ham noto‘g‘ri. Ular Eldorni bilishadi, biz bilan muloqot qilishdi va transfer qiymati qancha bo‘lishi mumkinligini so‘rashdi.

Eldorning transferi amalga oshishini istaymiz, ammo narxni «Rostov» belgilaydi. Bizning maqsadimiz shunaqaki — o‘zimiz istamagan holda klubni xafa qilish. Ya’ni, yozda Yevropaga ketishni istaymiz. Bugungi kunda Shomurodovga aniq takliflar bor.

— Uning to‘purarlik salohiyati tushib ketgani tashvishga solmayaptimi?
— Biz futbolchining nafaqat gollari, balki o‘yiniga ham e’tibor qaratamiz. U deyarli har bir o‘yinda golli uzatmalarni amalga oshirdi va jamoa uchun boshqa foydali ishlar qildi. Hech bo‘lmasa «Krasnodar»ga qarshi kechgan bahsda Ionovga tovoni bilan to‘pni uzatib berganini eslay olasizmi? Yoki «Spartak» bilan o‘yindagi gollarda qatnashganini olaylik.

Eldorning o‘yiniga baho berish uchun qarash kerak: qancha harakat qildi, raqibni to‘xtatib qoldi, himoyaga yordam berdi. U universal salohiyatga ega hujumchi. Ammo unga baxoni Valeriy Karpin beradi va tabiiyki bu baho biznikiga to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin.

— «Rostov» bilan yozgi transfer masalasida og‘zaki kelishuvga erishganmisiz?
— Yo‘q.

— Unday bo‘lsa klub takliflarni rad etishi mumkin.
— Mumkin, albatta. Klubning bunga haqqi bor. Agar shunday holat yuzaga kelsa, demak masalaga yechim qidiramiz. Ularni ishontirishga urinamiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham so‘nggi so‘zni aytish huquqi «Rostov»da qoladi va bunga hech kim da’vo qilmaydi. Shu sababli ham qishda hech qayoqqa ketmaslik haqida klub bilan kelishib olganmiz.

Qishki transfer mavsumida bir qator takliflar bo‘ldi, ammo klub birortasini ko‘rib chiqmadi. Biz bunga hurmat bilan qaradik. Ammo yozda ham takliflarni ko‘rib chiqmaslik... Biz yozda kuchliroq chempionatga o‘tishni istagan bo‘lardik. Ha, oxirgi qarorni klub qabul qiladi, ammo futbolchini adolatli narxda sotishlari bo‘yicha kelishib olganmiz. Buni hammamiz birgalikda muhokama qilamiz.

— Eldorning o‘zi ruhan bunga tayyormi? Axir u biroz tortinchoq-ku.
— Aksincha, u shu bilan o‘ziga halal beradigan barcha narsalardan o‘zini himoya qiladi. Boz ustiga u quvnoq yigit. Ana, «Rostov»da u bilan qanday munosabatda bo‘lishlariga bir qarang...

— Shomurodov ingliz tilini o‘rganyaptimi?
— O‘rganyapti.

— Uni bunga majburlayapsizmi?
— Majburlayapmiz. O‘qituvchi topib berganmiz.

— Yutuqlar bormi?
— Men u bilan ingliz tilida shaxsan gaplashdim, hozircha baxo berishga erta. Sizga aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, Eldorning inglizchasi avvalgiga qaraganda ancha yaxshi, — deydi Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov qishda «Rostov» bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan edi. Shartnomada hujumchining transfer qiymati ko‘rsatilmagan.

Manba: sports.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring