Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ektor Kuper: «Biz o‘z uslubimizni topib ulgurdik»

Ektor Kuper: «Biz o‘z uslubimizni topib ulgurdik»

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

— Har bir jamoaning o‘z uslubi bo‘lishi lozim. Bu uslubga erishish, to‘g‘ri yo‘lni topib olish uchun har xil tajribalar qilib ko‘riladi. Biz o‘z uslubimizni topib ulgurdik, desak bo‘ladi. Balkim uslub har doim ham kutilganidek g‘alaba olib kelmas, lekin aniq bir yo‘nalish doim bo‘lishi lozim, deydi argentinalik mutaxassis.

Shuningdek, u taktikani o‘yindagi raqibdan kelib chiqqan holda biroz o‘zgartirib turishi mumkinligini, ammo buni o‘z uslubidan u qadar uzoq ketmagan holda amalga oshirishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring