Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diyor Imomxo‘jayev PFLda ishlashda davom etadi

Diyor Imomxo‘jayev PFLda ishlashda davom etadi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev tashkilotdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda uning o‘zi telegram kanalida ma’lum qilib o‘tgan.

«O‘tgan davr davomida rahbariyat bilan qo‘ldan kelgancha ishladik. Inson sifatida Umid Ahmadjonovdan ham, Omon G‘ofurovdan ham minnatdorman, ular bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolaman.

Ravshan Ermatovni yaxshi bilaman, bu insonning ham men haqimda fikri bor. Bungacha ham qaysidir shaxs uchun emas, o‘zim bilgan futbol uchun kelgandim. Endi ham o‘sha futbol uchun ishlashda davom etaman», — deya yozadi Diyor Imomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bir necha kun davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketdi. Oradan bir kun o‘tib PFL direktori Omon G‘ofurov ham o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi.

Shundan so‘ng yana bir qator mutasaddi shaxslar ham ishdan bo‘shashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo Diyor Imomxo‘jayev PFLda faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘FA birinchi vitse-prezidentligi Ravshan Ermatovga topshirilgan. U ishtirok etgan yig‘ilish qarori bilan PFL direktori etib Davron Shoqurbonov tayinlangani xabar qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring