Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti, Equinox avtomobili va medal topshirildi

Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti, Equinox avtomobili va medal topshirildi

Foto: «Daryo» / Madina Nurman

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

Ularni tantanali kutib olish marosimida bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etib, prezident tabrigini yetkazdi va mukofotlarni topshirdi.

Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov 600 mln so‘mdan pul mukofoti, Equinox avtomobili hamda «O‘zbekiston iftixori» medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 200ga yaqin jamoa ichida 31-o‘rinni qo‘lga kiritgan ayollar jamoasi a’zolari — Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodova va Afruza Hamdamova «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring