Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurmagomedov: «Videoni ko‘rib, judayam kayfiyatim buzilib ketdi, bugun qariyani ursa, ertaga-chi?!» (video)

Nurmagomedov: «Videoni ko‘rib, judayam kayfiyatim buzilib ketdi, bugun qariyani ursa, ertaga-chi?!» (video)

Foto: «Gazeta Kemerovo»

Rossiyalik taniqli aralash jang ustasi Habib Nurmagomedov Konor Makgregor qamalishi kerak, degan fikrda. UFC sobiq chempionining Dublindagi barda keksa odamga musht tushirishi Habibni ana shunday keskin munosabat bildirishga undadi.

Mana o‘sha video

Makgregor barda notanish odamni viski bilan mehmon qilmoqchi bo‘lgan, u ikki marta rad etganidan keyin yuziga musht tushirgan. Voqea kuzatuv kameralariga tushib qoldi, keyin OAVda tarqadi.

«Makgregorni hibsga olib, panjara ortiga jo‘natish kerak. Uni hukumat jazolashi shart. Bu mening fikrim. Bu videoni ko‘rib juda, judayam kayfiyatim buzilib ketdi. Bugun bir qariyani ursa, ertaga nima qiladi?!», — dedi Nurmagomedov.

Makgregorning xurmacha qiliqlari haqida ilgari ham yozganmiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring