Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun o‘yin, tarkiblar ma’lum. Vadim Abramov kecha nimalar va’da bergan edi? (video)

Bugun o‘yin, tarkiblar ma’lum. Vadim Abramov kecha nimalar va’da bergan edi? (video)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashi ikkinchi bosqich, 3-turidan o‘rin olgan bahs doirasida Yamanni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvga jamoani muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Vadim Abramov tayyorladi. Bosh murabbiy bugungi o‘yinga tarkibni ham ma’lum qildi.

Bugungi o‘yindan nimalar kutishimiz mumkin, terma jamoa yangi bosh murabbiy qo‘l ostida muxlislar kutgan o‘yin namoyish eta oladimi? Yoki Kuper paytidagi tushkunlik kayfiyati ko‘zga tashlanadimi? Barcha sog‘ingan hujumkor o‘yin ko‘rish imkoniyati qancha?

Kecha ayni mana shu masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va Vadim Abramov barcha savollarga javob berdi. O‘yinga jamoa shay holatda, tarkibda hech qanday muammo yo‘q. Shunday ekan hujumkor va yorqin o‘yin kutsak arziydi.

Ustunlik biz tomonda

Shu paytgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi umumiy hisobda Yaman termasi bilan 4 ta uchrashuvda maydonga tushib ularning barchasida g‘alabaga qozonishga muvaffaq bo‘lgan:

09.05.1997. Yaman – O‘zbekiston 0:1. JCh-1998 saralashi
24.08.1997. O‘zbekiston – Yaman 5:1. JCh-1998 saralashi
03.09.2015. O‘zbekiston – Yaman 1:0. JCh-2018 saralashi
17.11.2015. Yaman – O‘zbekiston 1:3. JCh-2018 saralashi to‘plar nisbati 10-2.

Umid qilamizki, bu safargi bellashuvda ham O‘zbekiston MTJsi ishonchli g‘alabaga erishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring