Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya Gran-prisidagi avariyada poygachi xotirasini yo‘qotdi (video)

Britaniya Gran-prisidagi avariyada poygachi xotirasini yo‘qotdi (video)

Foto: «Fox Sports»

«Ducati» jamoasi poygachisi Andrea Dovitsiozo qisqa muddatli xotira yo‘qolishi tashxisi bilan shifoxonaga tushdi. Ko‘ngilsiz voqea Buyuk Britaniyadagi shosse-halqa motopoygalari Gran-prisida yuz berdi, deyiladi «Motorsport» xabarida.

Andrea Dovitsiozo. Foto: «GPone.com»

Poyga payti Dovitsiozo «Yamaha» poygachisi Fabio Kuartararo bilan to‘qnashib ketadi va asfaltga yiqiladi, uning mototsikli yonib ketadi. Avariyadan so‘ng hushidan ketgan Dovitsiozo ko‘p o‘tmay oyoqqa turadi va trassani mustaqil tark etadi.

Sonidagi og‘riqdan shikoyat qilgan sportchi darhol shifoxonaga yetkazilgan. Bu yerda unga qisqa muddatli xotira yo‘qolishi tashxisini qo‘yishdi. Hozir sportchining hayoti va salomatligiga hech narsa xavf solmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring