Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar yarim marafon yugurishida ishtirok etdi

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar yarim marafon yugurishida ishtirok etdi

Foto: «Minsport.uz»

Xabar berganimizdek bugun poytaxtimizdagi xalqaro Toshkent yarim marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ertaga tonggi soat 7.00 dan boshlab ishtirokchilar poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldida to‘planishdi. Soat 8.15da esa qatnashchilar start zonasiga yig‘ildi. Toshkent xalqaro yarim marafonining tantanali ochilish marosimi soat 8.40da bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng soat 9.00da 21 kilometr masofaga yugurishga start berildi. 5 kilometr masofaga yugurish qatnashchilari esa soat 9.10da ishtirokini boshlashdi. Har ikki masofada ham ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldidan start oldi va marra chizig‘i ham aynan shu manzil etib belgilangan.

Boshqa ishtirokchilar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abdulhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matjonov va boshqa vazirliklarning rahbarlari ham yugurishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring