Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bobousmon Baturov finalga chiqa olmadi

Bobousmon Baturov finalga chiqa olmadi

Rossiyaning Yekaturinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari davom etmoqda. Kechki dastur doirasida yana bir vakilimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) yarim final jangini o‘tkazdi.

Pet Makkormakka qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz, afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va jahon chempionatini bronza medali bilan yakunladi.

Ta’kidlash joiz, bu Baturov uchun faoliyatidagi dastlabki jahon chempionati edi. Kechki dastur doirasida yana ikki vakilimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzahalilov finalga chiqqan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring