Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biz «aka» degan akalarning yoshi biz bilan teng bo‘lib qoldi — futbolchi haqiqati

Biz «aka» degan akalarning yoshi biz bilan teng bo‘lib qoldi — futbolchi haqiqati

Bir vaqtlar — 1997 yilgacha futbol o‘ynaganman. «Navbahor» stadioni orqasidagi maydonda shug‘ullanardik. Aniq esimda yo‘q, 25-30 nafar o‘yinchi. Yaxshi o‘ynaydiganlar ko‘p edi, o‘sha vaqtlarda 16-17 yoshlardagi maktab o‘quvchilari edik.

Katta futbol o‘ynaydigan vaqt kelganda biz taniydigan, «aka» deb chaqiradigan akalar darrov 3-4 yoshga yosharib, biz tengi bo‘lib «zayavka»larga kira boshladi. Tabiiyki, 16-17 yoshlilar 19-20 yoshdagilar bilan raqobat qilolmasdik.

«Navbahor-3» deya nomlangan jamoadan bitta ham o‘yinchi birinchi liga tugul, ikkinchi ligada ham o‘ynolmadi. 25-30 nafar 16-17 yoshlilar butsini mixga ilib, tirikchilik uchun har yoqqa tarqab ketdi. Biri Namanganning «Chorsu»sida kir sovun sotgan, yana biri novvoyga shogird tushgan.

Terma jamoamizning mag‘lubiyatidan keyin negadir o‘sha 16-17 yoshlilarni eslayveraman. O‘sha yolg‘onlarning kasri hali ham uradimi, degan xayollarga borib qolaman. Yana bilmadim...

Baxtiyor Abdug‘afur

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring