Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchidan, Beyl «Bavariya»ga qarshi o‘ynashni istamadi. Ikkinchidan, u ketishini «Real» xohlayapti, men emas — Zidan

Birinchidan, Beyl «Bavariya»ga qarshi o‘ynashni istamadi. Ikkinchidan, u ketishini «Real» xohlayapti, men emas — Zidan

Foto: «Google.com»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Garet Beyl bilan yuzaga kelayotgan holat borasida gapirdi va futbolchining agentiga javob qaytardi. Eslatib o‘tamiz, u yaqinda Garet Beyl jamoadan ketishi haqida fikr bildirgan edi.

«Birinchidan, men hech kimga hurmatsizlik qilmadim. Ayniqsa o‘yinchilarga, chunki men har doim aytaman: «O‘yinchilar – eng muhimi va men har doim ular tomondaman».

Ikkinchidan, men aytgandim, u bilan klub xayrlashmoqchi [мен эмас]. Nuqta.

Uchinchidan, Garet o‘sha kuni o‘zi istamagani uchun [«Бавария»га қарши] o‘ynamadi. U klub transfer borasida ishlayotgani, shu sabab o‘ynashni istamasligini aytdi. Hozircha u ertaga bo‘ladigan o‘yin haqida gapirmadi.

Bugun hech nima o‘zgarmadi. U shug‘ullanishda davom etadi, klub esa nima qilishi kerak bo‘lsa qiladi. Ko‘ramiz, ertaga nima bo‘lar ekan», – deydi Zidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring