Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tadi

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tadi

Foto: «olympic.uz»

Havaskor boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqla «GoSport.uz» xabar berdi.

So‘nggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqo‘ziyev kuni kecha AQShga jo‘nab ketgan. U «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda o‘zbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram G‘iyosov (7-0, 6 KO), Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4KO), Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) va Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) shug‘ullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha havaskor boks bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilingan va undan Bektemir Meliqo‘ziyev o‘rin olmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring