Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev g‘alabali yurishini davom ettirdi

Bektemir Meliqo‘ziyev g‘alabali yurishini davom ettirdi

Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.

Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida amerikalik Kley Kollardga (4-2-3, 1 KO) qarshi ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik bokschi 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi to‘rtinchi raundida raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirdi, raund davomidagi navbatdagi kuchli zarbadan so‘ng raqib yana ringga quladi va hakam jangni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 14 iyun kuni Los-Anjelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarilgandi. 6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

U shu yilning avgustida meksikalik Rikardo Luna Floresni (22-7-1, 14 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozondi.

Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring