Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» o‘yinchilari aldanganidan xafa

«Barselona» o‘yinchilari aldanganidan xafa

Foto: Juan Manuel Serrano

«Lenta.ru»ning xabar berishicha, «Barselona» o‘yinchilari «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar transferi amalga oshmagani uchun o‘zlarini aldangandek his qilishmoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘yinchilarning aksar qismi, ayniqsa, jamoa yetakchilari «Kamp Nou»ga to‘purarning shubhasiz qaytishini xohlashgandi. Ular «Barselona» rahbariyatidan Neymarni xarid qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni so‘rashgandi. Biroq transfer baribir amalga oshmadi. Futbolchilarning fikricha, jamoa PSJ bilan muzokaralardan manfaatdor bo‘lmagan. «Barselona» bosslari shunchaki o‘z o‘yinchilarini xursand qilish uchun fransuzlarga taklif yuborgan.

3 sentyabr kuni tarqalgan xabarga ko‘ra, katalon klubi prezidenti Xosep Bartomeu PSJ Neymar uchun 150 million yevro bilan yana uch nafar «Barselona» futbolchisini talab qilganini eshitgach, hayqirib yubordi: «Bari tugadi. Jahon futboliga kulgi bo‘lishni istamaymiz!»

Natijada Neymar o‘z o‘rnida qoladigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda braziliyalik to‘purar fransuz jamoasi uchun 28 ta o‘yinda 23 ta gol muallifiga aylandi. U 2017 yildan berib PSJ shafarini himoya qilib kelmoqda. Neymar bu jamoaga jahon futboli uchun rekord hisoblangan 222 million yevroga tushgan.

Neymar «Barselona»da 2013 — 2017-yillarda to‘p surgan. Ko‘k-anorranglilar tarkibida u to‘qqizta mukofotni qo‘lga kiritgan. Neymar ikki bor Ispaniya chempioni, bir martadan Chempionlar ligasi va UYeFA superkubogini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring